ВходРегистрация

(+99871 241-16-25

Записаться в школуРус | Узб | Eng
Календарь
<< >>

Вышестоящая организация

  

Федерация Шахмат Узбекистана

 

 

 

 

Полезные ссылки

Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Правительственный портал Республики Узбекистан

FIDE


Мероприятия
Опрос
Нужно ли вводить обязательный предмет шахмат в общеобразовательных школах?
Да, это развивает мышление
Нет, дети итак перегружены
Только как не обязательный предмет (по желанию учащихся)
Только в качестве кружков
Затрудняюсь ответить
 

Markaziy Osiyo shaxmat festivali: turnir start oldi

21 sentyabr kuni Toshkent shahrida o‘n kun davom etadigan, mukofot jamg‘armasi 12 ming yevro bo‘lgan Markaziy Osiyo Shaxmat festivali start oldi.

 

Markaziy Osiyo shaxmat festivali: turnir start oldi (foto)

 

 

20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo Shaxmat festivali RosAtom, FIDE va O‘zbekiston hukumati ko‘magida tashkil qilinmoqda.

 

Markaziy Osiyo shaxmat festivali: turnir start oldi (foto)

 

Foto: Osiyo shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Berik Balgabayev (o‘rtada)

 

Matbuot anjumani

Matbuot anjumanida FIDE prezidenti maslahatchisi, Osiyo shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Berik Balgabayev RosAtom bunday turnirni o‘zi faoliyat olib borayotgan to‘rt davlatda – Turkiya, Bangladesh, Finlyandiya va O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda.

Berik Balgabayev bu turnir avvalroq rejaga kiritilmaganini ta’kidladi. FIDE RosAtom bilan kelishuvga erisha olgani tufayli rejani o‘zgartirishga qaror qilganlarini qo‘shimcha qildi.  

“Ishtirokchilar bundan albatta xursand bo‘lsa kerak. Boisi mukofot jamg‘armasi 12 ming yevroni tashkil qiladi”, dedi Berik Balgabayev.

Ochilish marosimi

 

Musobaqani bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z nutqida “so‘nggi vaqtlarda “aql gimnastikasi” deb ataluvchi shaxmatga e’tibor kuchaygani, o‘zbekistonlik shaxmatchilar xalqaro turnirlarda munosib ishtirok etayotganini tilga oldi va turnir ishtirokchilariga omad tiladi.

 

Markaziy Osiyo shaxmat festivali: turnir start oldi (foto)

Foto: Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov

 

Ramziy yurish

 

Musobaqaning ramziy yurishini bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va FIDE prezidenti maslahatchisi, Osiyo shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Berik Balgabayev boshlab berdi.

Markaziy Osiyo shaxmat festivali: turnir start oldi (foto)

Foto: Aziz Abduhakimov va Berik Balgabayev ramziy yurishni boshlab berdi

So‘zga chiqqan turnir bosh hakami Husan Turdaliyev shveytsarcha usulda to‘qqiz turdan iboratligi, reglament vaqti 1 soat 30 daqiqa ekanligini ishtirokchilarga eslatib o‘tdi.

Festivalda qanday turnirlar bo‘lib o‘tadi?

 

Festival doirasida uchta turnir bo‘lib o‘tadi. Asosiy musobaqa 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati hisoblanadi.

Markaziy Osiyo shaxmat festivali: turnir start oldi (foto)

Foto: Ishtirokchilar hayajon bilan turnirni boshlashdi

Shuningdek, rapid (tezkor shaxmat) va standart yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirokchilar bellashadi.

Mukofot jamg‘armasi qancha?

Ushbu musobaqaning mukofot jamg‘armasi 12 000 yevroni tashkil qiladi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida chempionlikni qo‘lga kiritgan g‘olibga 3000 yevro, qizlar o‘rtasida mutloq chempionga esa 1500 yevro mukofot puli beriladi.

Ishtirokchilar

 

Festivalda Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston hamda O‘zbekistondan 200dan ortiq shaxmatchilar qatnashadi.

Markaziy Osiyo shaxmat festivali: turnir start oldi (foto)

Foto: 6 davlatdan 200 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda

Markaziy Osiyo shaxmat festivali: turnir start oldi (foto)

Foto: Yosh shaxmatchi raqibini zimdan kuzatmoqda

Markaziy Osiyo shaxmat festivali: turnir start oldi (foto)

Foto: Turkmanistonlik ishtirokchi raqibi yurishini kutmoqda

Markaziy Osiyo shaxmat festivali: turnir start oldi (foto)

Foto: Turnir tashkilotchilari musobaqaga yuqori tayyorgarlik ko‘rgan

 Перейти на страницу: