Нужно ли вводить обязательный предмет шахмат в общеобразовательных школах?
Да, это развивает мышление Нет, дети итак перегружены Только как не обязательный предмет (по желанию учащихся) Только в качестве кружков Затрудняюсь ответить
Новости
2022 йил 13-14 май кунлари “Соҳибқирон Амир Темур кубоги” II халқаро турнири бўлиб ўтди
автор: admin 2022-05-16 просмотров: 17
2022 йил 13-14 май кунлари Халқаро шахмат академиясида “Соҳибқирон Амир Темур кубоги” II халқаро турнири бўлиб ўтди. Шахматнинг рапид тури бўйича икки кун давом этган баҳсларда дунёнинг 10 давлатидан 60 нафарга яқин шахматчи иштирок этди.
7 май куни “Маматкул Хайлаев хотирасига” бағишлаб хотира турнири бўлиб ўтди
автор: admin 2022-05-12 просмотров: 31
2022 йил 7 май куни Сирдарё вилояти Боёвут туманида Шахмат бўйича олий тоифали мураббий, шухрат медали сохиби, “Маматкул Хайлаев хотирасига” бағишлаб хотира турнири бўлиб ўтди.
O‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan “Tashkent Open 2022” XV xalqaro turniri yakunlandi
автор: admin 2022-05-12 просмотров: 34
2022 yil 3-12 may kunlari shaxmat bo‘yicha O‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan “Tashkent Open 2022” XV xalqaro turniri bo’lib o’tdi. Ushbu xotira turniri yakuni A guruhida oquvchimiz Omonova Umida ayollar o’rtasida 1-o’rinni egallab ayollar grossmeysteri unvoni birinchi talablarini bajardi.
24-30 апрел кунлари кўриш имконияти чекланган ўртасида Ўзбекистон чемпионати бўлиб ўтди
автор: admin 2022-05-12 просмотров: 26
2022 йил 24-30 апрел кунлари Бухоро вилоятида кўриш имконияти чекланган болалар учун ихтисослаштирилган давлат таълим муассасаси ўқувчилари ўртасида Ўзбекистон чемпионати мусобақаси бўлиб ўтди. Мусобақада 2003 йилдан 2014 йилгача бўлган шахматчилар иштирок этишди.
Jahonda tengsiz bo‘lgan yosh shaxmatchilarimiz tantanali kutib olindi
автор: admin 2022-05-06 просмотров: 36
5 may tunda jahon chempioni Umida Omonova, shuningdek, Humoyun Bekmuratov hamda Almas Rahmatullayevdan iborat shaxmatchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi!
Rodosda (Gretsiya) rapid va blits bo‘yicha FIDE 2022 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
автор: admin 2022-05-04 просмотров: 34
Rodosda (Gretsiya) blits bo‘yicha FIDE 2022 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. Akademiyamiz o`quvchilari 2 ta oltin hamda 2 ta kumush medallarini qo`lga kiritishdi!
WFM Omonova Umida 8½ ball to'plagan holda birinchi o'rinni egalladi va "16 yoshgacha bo'lgan qizlar guruhida ikki yo'nalish (rapid va blits) bo'yicha chempion bo'ldi!
FM Begmuratov Humoyun 9 turda 7 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab, o‘zining “Open12 guruhining har ikki yo`nalish (rapid va blits) bahslarida kumush medal sohibiga aylandi. Almas Raxmatullaev 2-4 o`rinni bo`lgan holda kuchli 4likdan joy oldi!
Chempionlarimizni ajoyib natija bilan tabriklaymiz!
Shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati oliy liga yakunlandi!
автор: admin 2022-04-25 просмотров: 58
2022 yil 14-23 aprel kunlari shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati oliy liga bahslari bo’lib o’tdi. Ushbu oliy liga bahslarida 5 ta nafar Akademiyamiz o’quvchilari va 2 nafar murabbiyimiz ishtirok etdilar. Musobaqa yakunida oquvchilarimiz Omonova Umida 1-o’rinni, Bobomurodova Maftuna 2-o’rinni va Akademiyamiz murabbiysi Kurbonboeva Sarvinoz 3-o’rinni egalladilar.G‘oliblarni tabriklaymiz!
WFM Умида Омоновани туғилган куни билан табриклаймиз!
автор: admin 2022-04-25 просмотров: 48
Академиямизнинг фахри Жахон, Осиё чемпиони ва совриндори хамда куп кара Ўзбекистон чемпиони WFM Умида Омоновани туғилган куни билан табриклаймиз! Умидага мустахкам соғлик-саломатлик, келгуси ишларида омад! Шахматда хам улкан ғалабалар ёр бўлишини тилаймиз! Чиройли ғалабаларингиз билан халқимизни қувонтириб юринг! Юкори марраларни забт этиб халқаро GM бўлишингизни тилаймиз!
Ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati oliy ligaga start berildi
автор: admin 2022-04-15 просмотров: 77
2022 yil 15 aprel kuni Xalqaro shaxmat Akademiyasida ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati oliy ligaga start berildi. Musobaqa aylanma tizimida 9 kun mobaynida 25 aprelga qadar davom etadi. 10 nafar ishtirokchilar safida Akademiyamiz o`quvchilari hamda maxoratli murabbiylarimiz xam ishtirok etishmoqda. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!