Eslatib o`tamiz, Abdisalimov Abdimalik Hindistonda o`tkazilgan
G`arbiy Osiyo chempionatida standart yo`nalishida chempionlikni qo`lga kiritib,
xalqaro grossmeysterlikning ilk talabini bajargan edi.
Xalqaro Shaxmat Akademiyasi Abdimalik Abdisalimovni
ushbu yuksak sport unvoni bilan tabriklaydi hamda kelgusida
ulkan marralarni zabt etishini tilaydi!