ВходРегистрация

(+99871 241-16-25

Записаться в школуРус | Узб | Eng
Календарь
<< >>

Вышестоящая организация

  

Федерация Шахмат Узбекистана

 

 

 

 

Полезные ссылки

Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Правительственный портал Республики Узбекистан

FIDE


Мероприятия
Опрос
Нужно ли вводить обязательный предмет шахмат в общеобразовательных школах?
Да, это развивает мышление
Нет, дети итак перегружены
Только как не обязательный предмет (по желанию учащихся)
Только в качестве кружков
Затрудняюсь ответить
 

Markaziy Osiyo shaxmat festivali yakunlandi

автор: admin 2019-09-30 просмотров: 43

 

 
 
Festival doirasida 3 ta musobaqa tashkil etildi.  Asosiy musobaqa bu 20 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida, Markaziy Osiyo chempionatidir. Bundan tashqari, rapid(tezkor shaxmat) yo`nalishi bo`yicha uch guruhda maktab o`quvchilari o`rtasida musobaqa hamda  FIDE hakamlari uchun seminar tashkil etildi. 
Musobaqada 6 mamlakatdan – Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg`oniston va O`zbekistondan jami  200 nafardan ortiq shaxmatchilar ishtirok etdilar. 
 
 
 
               Murosasiz o`tgan musobaqa yakunlariga ko`ra, qizlar o`rtasida Xalqaro Shaxmat akademiyasining o`quvchilari-Yakubboeva Nilufar oltin medalni, Saparova Sitora bronza medalni qo`lga kiritdi, Shuningdek, Salimova Asal va Omonova Umidalar sovrinli o`ringa egalik qildilar.
 
 
O`gil bolalar o`rtasida yana bir iqtidorli sportchimiz, xalqaro grossmeyster-
Yakubboev Nodirbek kumush medalni qo`lga kiritdi.
Vahidov Shamsiddin 4-o`rinni egalik qildilar. 
 
Mukofot jamg`armasi 12.000 evroni tashkil etgan mazkur festival g`olib
va sovrindorlari quyidagi tartibda taqdirlandilar:
 
Qizlar o`rtasida:
        1-o`rin  Yakubboeva Nilufar (O`zbekiston) - 1500 evro
    2-o`rin  Balabaeva  Хения (Qozog`iston) - 700 evro
3-o`rin  Saparova Sitora (O`zbekiston) - 500 evro
 
4-o`rin  Salimova Asal (O`zbekiston) - 400 evro
            5-o`rin Abdusattorova Bahora (O`zbekiston) 200 evro
  6-o`rin  Omonova Umida (O`zbekiston) 100 evro
 
 
O`g`il bolalar o`rtasida:
              1-o`rin  Abdusattorov Nodirbek (O`zbekiston) - 3000 evro
            2-o`rin  Yakubboev Nodirbek  (O`zbekiston) -  2000 evro
        3-o`rin  Saidaliev Saydakbar  (O`zbekiston) - 800 evro 
      4-o`rin Vahidov Shamsiddin (O`zbekiston) - 700 evro
5-o`rin Sindarov Javohir  (O`zbekiston) - 600 evro
           6-o`rin Ataboev Saparmurod (Turkmaniston) - 500 evro 
 7-o`rin Agmanov Jandost  (Qozog`iston) - 400 evro
    8-o`rin Nurmamedov Azat  (Turkmaniston) 300 evro
9-o`rin  Kasimov Ali (O`zbekiston) 200 evro
10-o`rin Isomov Umar  (O`zbekiston) 100 evro 
 
Xalqaro Shaxmat akademiyasi festivalning g`olib va sovrindorlarini,
ularning murabbiylari va ota-onalarini tabriklaydi hamda
kelgusi sport faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!