Xitoy mamlakatining Xandjou shaxrida o'tkazilayotgan Osiyo o'yinlarida O'zbekiston shaxmat terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Quvonarlisi unda Nodirbek Abdusattorov kumush va Javohir Sindorov bronza medaliga ega chiqdi!
Quvonarli tomoni shundaki qizlar o'rtasida kechgan baxslarda Xalqaro shaxmat akademiyasi o'quvchisi Umida Omonova kumush medali sohibasiga aylandi. Umidaning bu g'alabasi bilan ota-onasi va uning murabbiyi Vladimir Yeginni xalqaro shaxmat akademiyasi jamoasi nomidan tabriklaymiz.