Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSH dollari bo‘lgan turnirda 10 ta tur o‘ynaldi. Natijalarga ko‘ra, “A” guruhida indoneziyalik Susanto Megaranto 8 ochko to‘plagan holda guruh g‘olibi bo‘ldi hamda 5 ming AQSH dollariga ega chiqdi. “B” guruhida esa hamyurtimiz Hadiyatillo Muhamedovga teng keladigani topilmadi. U g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan joy egallashi uchun 8,5 ochko to‘pladi.Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.