Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo shaxmat festivalining rapid yo‘nalishi o‘z yakuniga etdi.
A, B va C guruhlarida bahs olib borildi
7 turdan iborat bo‘lgan bahslarning A, B va C guruhlarida Yuliya Xegay, Javohir Bozorov va Asilbek Nabiyevlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Xususan, mazkur guruhlarda quyidagi sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin egallashdi:
“A” guruhi
Yuliya Xegay
Botir Abdurahimov
Akjol Rahmatullayev
“B” guruhi
Javohir Bozorov
Saidamin Omonov
Dilshodbek Shomurodov
“C” guruhi
Asilbek Nabiyev
Jafar Erkinov
Saidikrom Saidazimov